Buyuk Britaniyalik jurnalistga “Oltin qalam” milliy mukofoti topshirildi
Dekabr 12, 2025. 08:15 • 38 soniya
• 77
LONDON, 12-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari “The London Post” nufuzli axborot portalining muharriri Raza Saidga “Oltin qalam” XIX Milliy mukofotining tegishli diplom, statuetka va boshqa mukofotlarni topshirdilar, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Raza Said O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan tashkil qilingan “Oltin qalam” XIX Milliy mukofotining “Chet ellik jurnalistlarning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 2-o‘rinni egallagan edi.
Sovrindor O‘zbekiston hukumati va Jurnalistlari ijodiy uyushmasiga chuqur minnatdorchilik bildirib, mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining faoliyati va erkinligi, jurnalistlarning ijodi uchun yaratilayotgan sharoitlardan mamnunligini eʼtirof etdi.
Raza Said O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘sini mustahkamlashga hamda respublikada amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar haqida jahon hamjamiyatiga maʼlumot yetkazishga qo‘shayotgan hissasini davom ettirishini taʼkidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Pokiston xavfsizlik sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi