Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Dekabr 14, 2025. 13:46 • 57 soniya
• 99FRANKFURT-MAYN, 14-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan Konstitutsiya kuni munosabati bilan o‘zbek-nemis “Humo” madaniy jamiyati rahbariyati va faollari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir avvalida Bosh konsulxona diplomatlari qatnashchilarni Konstitutsiya kuni bilan tabriklab, Asosiy qonunda mustahkamlangan huquqiy kafolat va erkinliklar haqida so‘z yuritdi.
Ishtirokchilarga, so‘nggi vaqtlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muhim siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va qonunchilik islohotlari haqida maʼlumot berildi.
Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda ko‘plab vatandoshlarimiz iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ilm-fan, sport va boshqa yo‘nalishlarni rivojlantirishga, yurtimizning tashqi dunyo bilan aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda. Shu munosabat bilan, o‘zbek tili, madaniyati va anʼanalarini saqlash hamda ommalashtirishga qaratilgan vatandoshlar tashkilotlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.
O‘z navbatida, vatandoshlar Frankfurt-Mayn shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda muntazam ravishda milliy bayramlarni nishonlashni, mamlakatimizning madaniy merosi va turizm salohiyatini ommalashtirishga qaratilgan bir nechta yirik loyihalarni amalga oshirishganini qayd etdi.
Tadbir yakunida vatandoshlar iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Germaniyada O‘zbekistonning ijobiy imijini shakllantirishga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma tadbirlar va uchrashuvlarni tashkil etishga kelishib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga
Vatandoshlar bilan mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilindi
O‘zbekiston diplomatlari Kopengagenda vatandoshlar bilan uchrashdi

