Logo

O‘zbekistonda sifatli meva-sabzavot navlarini yaratishda Britaniya tajribasi qo‘llaniladi

Dekabr 10, 2025. 09:00 • 44 soniya

81
O‘zbekistonda sifatli meva-sabzavot navlarini yaratishda Britaniya tajribasi qo‘llaniladi

LONDON, 10-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning “PBS International” kompaniyasi ijrochi direktori Xanna Senior bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“PBS International” – o‘simliklar changlanishini nazorat qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. 50 yildan ortiq tajribaga ega ushbu kompaniya o‘simlik seleksionerlari va urug‘ ishlab chiqaruvchilar uchun mahsulotlar ishlab chiqarib, 35 dan ortiq davlatga eksport qiladi.

Suhbat davomida Britaniya tomoni O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, meva-sabzavotchilik va ekinlar diversifikatsiyasi borasidagi izchil saʼy-harakatlarni yuqori baholadi.

“PBS International” vakili changlanish jarayonini samarali boshqarishga qaratilgan innovatsion yechimlari orqali yuqori sifatli navlarni yaratishda hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qildi.

Tadbirda seleksiya va urug‘chilik sohasida britaniyalik va o‘zbekistonlik mutaxassislarning tajriba almashishi uchun turli uchrashuvlar tashkil etish, sohaga yangi innovatsiya loyihalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish