Londonda Bobur ijodiga bag‘ishlangan madaniy tadbir o‘tkazildi

Oktabr 20, 2026. 08:10 • 2 daq

• 14
Londonda Bobur ijodiga bag‘ishlangan madaniy tadbir o‘tkazildi

LONDON, 20-oktabr. /“Dunyo” AA/. Londondagi elchixonamiz tashabbusi bilan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kunini nishonlash maqsadida Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylariga bag‘ishlangan “Bobur ruboiylari” (Bobur's Rubaiyat) mavzusida vebinar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

Mazkur tadbir o‘zbek mumtoz adabiyoti va madaniy merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishga qaratildi.

Vebinarda britaniyalik mashhur shoir va tarjimon Endryu Staniland tomonidan Bobur ruboiylarining ingliz tilidagi tarjimalaridan namunalar o‘qib berildi.

Endryu Staniland Markaziy Osiyo xalqlari adabiy merosini ingliz tilida keng targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi. U buyuk o‘zbek shoir va mutafakkirlari Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulhamid Cho‘lpon, Mashrab, Nodira va Uvaysiy asarlarini ingliz tiliga tarjima qilgan.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida shoir ijodi, ruboiylarda aks etgan hayotiy qarashlar, insoniy qadriyatlar va ularning bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan jonli muhokama bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy merosi, xususan, uning ruboiylari hamda ularning badiiy va ma’naviy ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish