Londonda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan marafon bo‘lib o‘tdi
Sentabr 15, 2026. 10:30 • 2 daq
• 127LONDON, 15-sentabr. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniya poytaxtida O‘zbekiston mustaqilligi bayrami munosabati bilan “Mustaqillik Run” yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mazkur sport tadbiri O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi, “Vatandoshlar” jamg‘armasi hamda “GashTak” hamjamiyati hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlash, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni birlashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
Marafonda Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan va ishlayotgan 100 nafardan ortiq hamyurtlarimiz hamda yurtimiz bilan yaqin aloqada bo‘lgan do‘stlar ishtirok etdi.
Ushbu tashabbus nafaqat sport tadbiri, balki Buyuk Britaniyada yashovchi o‘zbekistonliklarni yagona maqsad va umumiy qadriyatlar atrofida birlashtiruvchi muhim ijtimoiy loyihaga aylandi.
Marafon ishtirokchilarining fikricha, bunday tashabbuslar xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizning O‘zbekiston bilan maʼnaviy-madaniy aloqalarini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, sog‘lom va faol turmush tarzini ommalashtirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



