Manamada O‘zbekiston va Bahrayn tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida tarixda ilk bor siyosiy maslahatlashuvlarning 1-davrasi bo‘lib o‘tdi
Noyabr 03, 2026. 19:25 • 52 soniya
• 32
TOSHKENT, 3-noyabr. /“Dunyo” AA/. Manama shahrida O‘zbekiston va Bahrayn tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 1-davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Bahrayn tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdulloh bin Ahmad Ol Xalifa boshchilik qildi.
Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi