TIVda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi taʼlim va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Iyul 09, 2026. 20:34 • 2 daq

41
TIVda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi taʼlim va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi
TIVda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi taʼlim va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi
TIVda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi taʼlim va ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi

TOSHKENT, 9-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida davlat rahbari tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Gibrid formatda o‘tkazilgan tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi, “O‘zbekkosmos” agentligi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Turkiy universitetlar ittifoqi (TURKUNIB)ga aʼzo oliy taʼlim muassasalarining 30 ga yaqin vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mamlakatimizning TURKUNIBga raisligi doirasida amalga oshirilgan ishlar, “O‘rxun” akademik almashinuv dasturining bugungi holati, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetida turkiy davlatlar yoshlari uchun taʼlim grantlarini joriy etish, Turkiy davlatlar xalqaro universiteti negizida qo‘shma tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, tashkilot doirasida joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar, xususan, Turkiy fan va innovatsiyalar kunlarini o‘tkazish hamda “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodiyoti - turkiy dunyo maʼnaviy hayotida” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish