Logo

TIVda Bangladesh elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Fevral 20, 2026. 21:15 • 25 soniya

53
TIVda Bangladesh elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 20-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev bugun Bangladesh elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV xabariga ko‘ra, suhbat davomida tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalarda O‘zbekiston–Bangladesh hamkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi.

Turli darajadagi o‘zaro tashriflarga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini hamda iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazishga alohida eʼtibor qaratildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish