O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini topshirdi
May 25, 2026. 17:00 • 2 daq
• 83TOSHKENT, 25-may. /“Dunyo” AA/. Bugun Balx viloyatining Hayraton shahrida Qurbon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston nomidan Afg‘oniston xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, ushbu yuk “Termez Cargo Centre” maydonida shakllantirildi. Gumanitar yordam tarkibidan asosan oziq-ovqat mahsulotlari hamda birinchi yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan boshqa vositalar o‘rin olgan.
Balx viloyati gubernatori o‘rinbosari Abu Idris O‘zbekiston Prezidentiga Afg‘oniston xalqini muntazam qo‘llab-quvvatlab kelayotgani va g‘amxo‘rligi uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
Bu O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston xalqiga bo‘lgan chinakam birodarlik munosabatining yana bir yorqin ifodasidir.
Ushbu yordam yaqinda Afg‘onistonning shimoliy hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan Balx, Badaxshon, Bag‘lon va boshqa hududlar aholisiga yetkazilishi alohida taʼkidlandi.
Taʼkidlash joizki, mazkur tashabbus 2026-yil davomida Afg‘oniston xalqiga yuborilgan ikkinchi gumanitar yordam hisoblanadi.
Afg‘oninston tomoni, shuningdek, O‘zbekistonning o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan aniq qadamlarga alohida eʼtibor qaratdi. Buning natijasida so‘nggi yillarda nafaqat afg‘on mahsulotlari eksporti hajmini sezilarli darajada oshirish, balki Afg‘oniston xalqining ijtimoiy-iqtisodiy holati va farovonligini yaxshilashga ham erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Avstraliya O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yaxlit mintaqaviy pozitsiyani ishlab chiqish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholaydi







