TIVda Hindiston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Avgust 25, 2026. 17:00 • 49 soniya

93
TIVda Hindiston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“Dunyo” AA olgan surat

TOSHKENT, 25-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev bugun Hindiston elchisi Smita Pant bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekiston–Hindiston ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi ikki tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish, shuningdek xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish