O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Indoneziya elchisi ikki tomonlama kun tartibining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha sheriklikni yanada chuqurlashtirishga qat’iy intilishlarini tasdiqladilar

Iyun 09, 2026. 21:07 • 2 daq

174
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Indoneziya elchisi ikki tomonlama kun tartibining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha sheriklikni yanada chuqurlashtirishga qat’iy intilishlarini tasdiqladilar

TOSHKЕNT, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov bugun Indoneziya elchisi Siti Ruhaini Juhayatin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekiston–Indoneziya ko‘p qirrali hamkorligining hozirgi holati va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilindi. Bo‘lajak tadbirlarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ularning kun tartibini aniq loyihalar va hujjatlar bilan boyitish, ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar o‘zaro savdo hajmini oshirish, eksport va import tarkibini diversifikatsiya qilish hamda mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab oldi. Kimyo, farmatsevtika va qishloq xo‘jaligi sohalariga Indoneziya kapitalini jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Hamkorlikning eng jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri sifatida turizm, xususan “ziyorat turizmi” alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida Toshkent va Jakarta o‘rtasidagi hamkorlikni ikki tomonlama kun tartibining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yanada chuqurlashtirishga qat’iy intilish tasdiqlandi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish