TIVda bir qator arab davlatlarining diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Mart 23, 2026. 23:30 • 54 soniya
• 83
TOSHKENT, 23-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev bugun Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA hamda Kuvaytning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Ko‘rfaz arab davlatlari o‘rtasidagi har tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formati doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, tomonlar asosiy mintaqaviy masalalar, jumladan Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi