O‘zbekiston delegatsiyasi Sulton Qobus nomidagi Madaniyat va fan bo‘yicha Oliy markaz raisi bilan uchrashdi
Iyul 01, 2026. 22:30 • 54 soniya
• 67
TOSHKENT, 1-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev bugun Sulton Qobus nomidagi Madaniyat va fan bo‘yicha Oliy markaz raisi Habib al Riyamiy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida madaniyat, fan va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari, yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek tomonlar ikki mamlakatning tegishli ilmiy va madaniy muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, ilmiy anjumanlar, ko‘rgazmalar va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazish, taʼlim grantlari ajratish hamda O‘zbekiston va O‘monning boy tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi