Nyu-Yorkda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi hamda O‘zbek tili kuniga bag‘ishlangan xalqaro festival o‘tkazildi

Oktabr 16, 2026. 10:30 • 2 daq

• 157

NYU-YORK, 16 oktyabr. /“Dunyo” AA/. AQSHda mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda O‘zbek tili kuni munosabati bilan xalqaro madaniy festival bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu tadbir mamlakatimizning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi hamda vatandoshimiz Mukarram Igamberdiyeva rahbarlik qilayotgan Turon-Amerika merosi assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Festivalda o‘zbek, qozoq, tojik, turkman va ozarbayjon jamoalari vakillari, jamoatchilik vakillari, tadbirkorlar, madaniyat namoyandalari va yoshlar qatnashdi. Unda o‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglash va madaniy merosni asrab-avaylashdagi o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni asosida sahna ko‘rinishi namoyish qilindi. O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma tashkil etildi. Unda amerikalik bolalarning O‘zbekiston tarixi, madaniyati va an’analariga bag‘ishlangan 35 ta rasmi taqdim etildi.

Festival doirasida milliy qo‘shiq va raqslar, sport musobaqalari hamda milliy liboslar namoyishi o‘tkazildi. Mehmonlar mamlakatimizning tarixiy shaharlari, me’moriy yodgorliklari va sayyohlik salohiyati bilan ham tanishtirildi.

Tadbir davomida AQSHda yashayotgan vatandoshlarimiz, tadbirkorlar va jamoat birlashmalari vakillari bilan uchrashuvlar ham tashkil etildi. Ularda mehnat faoliyati, ijtimoiy moslashuv va vatandoshlarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Festival o‘zbek tili va milliy madaniy merosni targ‘ib etish, millatlararo muloqotni rivojlantirish hamda xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish