Olmaotadagi yong‘inda halok bo‘lgan ikki nafar hamyurtimiz jasadi vatanga qaytarildi
Noyabr 29, 2026. 12:30 • 2 daq
• 31
OLMAOTA, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. Olmaota shahrining Bostandiq tumanida joylashgan barak tipidagi turar joy binosida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 5 nafar shaxs, jumladan, ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi – T.I. va K.Ye. ham vafot etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Marhumlarning jasadlarini Vatanimizga qaytarish maqsadida yurtimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi ko‘magida, Bostandiq tumani hokimligi va Politsiya departamenti yordamida zarur hujjatlarni rasmiylashtirdi. Hamyurtlarimizning jasadlarini yurtimizga jo‘natish bo‘yicha barcha tegishli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Vatandoshlarimizning jasadlari kecha Olmaota shahri aeroportidan Nukus shahriga jo‘natildi.
Yong‘in vaqtida uydan chiqishga muvaffaq bo‘lgan va omon qolgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosiga ham tegishli konsullik-huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Vatandoshlarimizning pasportlari yong‘in oqibatida yonib ketgani sababli, Bosh konsulxona tomonidan ularga O‘zbekistonga qaytish guvohnomalari rasmiylashtirildi hamda Migratsiya agentligi ko‘magida aviachiptalar xarid qilinib, yurtimizga qaytarildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi