O‘zbekistonda Kinematografchilar uyushmasi va Kino sanoati vakillari uyushmasi O‘zbek kinosi vakillari palatasiga birlashtiriladi
Noyabr 29, 2026. 13:00 • 2 daq
•
TOSHKЕNT, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti kino sanoatini rivojlantirish va milliy kinoni xalqaro miqyosda targ‘ib qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Islom hamkorlik tashkiloti davlatlari teleradioeshittirish uyushmasi “OSBU”ning rasmiy saytiga tayanib.
Hujjatda Madaniyat vazirligi tasarrufida “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasini tashkil etish nazarda tutilgan. “Qoraqalpoqfilm” muassasasi negizida milliy kinostudiya tashkil etiladi. Kinematografchilar uyushmasi va Kino sanoati vakillari uyushmasi esa O‘zbek kinosi vakillari palatasiga birlashtiriladi. Shuningdek, kinotanqidchilar klubi tashkil etilib, Toshkentda bolalar filmlarini yaratish maktabi va platformasi ochiladi.
“O‘zbekfilm” taklifiga ko‘ra, Madaniyat vazirligi alohida ahamiyatga ega loyihalarga “Milliy kinoloyiha” maqomini berishi mumkin bo‘ladi.
2028-yil 1-yanvarga qadar chipta sotishning yagona axborot tizimi va “O‘zbekfilm” milliy onlayn platformasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Davlat mablag‘lari hisobidan suratga olingan barcha filmlar hamda davlat arxivlaridagi kinomateriallar bepul raqamlashtirilib, platformaga joylashtiriladi. Xususiy studiyalarning filmlari shartnoma asosida joylashtiriladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi