Javohir Sindarov va Gukesh Dommaraju to‘rtinchi partiyada ham durang o‘ynadi
Noyabr 29, 2026. 11:20 • 2 daq
• 54TOSHKЕNT, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. Shveysariyaning Jeneva shahrida o‘tayotgan FIDE jahon shaxmat chempionati doirasida Gukesh Dommaraju va Javohir Sindarov o‘rtasidagi to‘rtinchi partiya ham durang bilan yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
34 yurish davom etgan bahsda har ikki shaxmatchi yuqori mahorat va aniq o‘yin namoyish etdi. Oq donalarda o‘ynagan Gukesh Dommaraju bahsni shoh peshkasi bilan boshladi. Javohir Sindarov esa Petrov himoyasini tanladi. Murakkab kurash davomida har ikki grossmeyster xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘zaro tenglikni saqlab qoldi. Yakunda takroriy shax berish orqali partiya durang bilan tugadi.
Shu tariqa, chempionlik bahsida umumiy hisob 2:2 ko‘rinishiga keldi. Beshinchi partiya bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. Bu safar Javohir Sindarov oq donalarda o‘ynaydi.
Musobaqa doirasida shaxmat muxlislari uchun tashkil etilgan tadbirlarda mashhur grossmeysterlar, qator nufuzli musobaqalar g‘oliblari – niderlandiyalik Anish Giri hamda ukrainalik Anna Muzichuk ishtirok etdi. Ular 22 nafar shaxmatchiga qarshi tandem seansida kuch sinashdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi


