AQSHning Renton shahrida vatandoshlar uchun Qurbon hayiti munosabati bilan tadbir tashkil etildi

May 31, 2026. 12:00 • 2 daq

9
AQSHning Renton shahrida vatandoshlar uchun Qurbon hayiti munosabati bilan tadbir tashkil etildi

RENTON, 31-may. /“Dunyo” AA/. AQSHning Sietl shahri va uning atrofidagi hududlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida Vashington shtatining Renton shahridagi “Coulon” istirohat bog‘ida muborak Qurbon hayiti ayyomiga bag‘ishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”AA muxbiri.

Bayram tadbirida o‘zbek diasporasi faollari ishtirok etdilar. Ishtirokchilar uchun o‘zbek milliy taomlaridan iborat bayram dasturxoni yozildi, milliy kuy-qoshiqlar va raqslar namoyish etildi. Shuningdek, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovi tashkil etilib, g‘oliblar rag‘batlantirildi.

Tadbir doirasida vatandoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda ishtirokchilar Vashington shtatida O‘zbekiston Bosh konsulxonasining ochilishini uzoq yillar kutganliklarini va bu tashabbus xorijdagi hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining amaliy ifodasi ekanligini alohida taʼkidladilar.

Tadbir yakunida faol diaspora vakillari bilan O‘zbekiston futbol milliy terma jamoasini AQSHda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelib olindi. Unga ko‘ra, vakillarimiz ishtirokidagi xalqaro musobaqalar davomida Sietl shahrida vatandoshlarni birlashtiruvchi jamoaviy fan-zonalar va tomosha tadbirlari tashkil etiladigan bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish