Ko‘ksaroy qarorgohida Hindiston Bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi
Avgust 30, 2026. 12:51 • 50 soniya
• 75
TOSHKENT, 30-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun Ko‘ksaroy qarorgohida davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.
Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Hindiston davlat madhiyalari yangradi.
Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi