Shvetsiyaning ommabop “Resenären” jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni chop etildi

Avgust 30, 2026. 14:00 • 2 daq

17
Shvetsiyaning ommabop “Resenären” jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni chop etildi
Shvetsiyaning ommabop “Resenären” jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni chop etildi
Shvetsiyaning ommabop “Resenären” jurnalining O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni chop etildi

STOKGOLM, 30-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi hamda Turizm qo‘mitasi ko‘magida Shvetsiyaning “Resenären” sayyohlik jurnali ilk bor O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus sonini chop etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan ushbu sonda O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishlari, madaniy-tarixiy merosi, milliy taomlari, shuningdek, ta’lim va sarmoyaviy imkoniyatlari haqidagi oltita material e’lon qilingan.

Nashrda Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav va qirolicha Silviyaning 1978-yilda O‘zbekistonga qilgan tashrifi, shvetsiyalik media vakillari hamda qo‘shiqchilar – opa-singil Magdalena va Hanna Graaflarning mamlakatimizga rejalashtirayotgan safari haqida alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Jurnal 40 ming nusxada chop etilib, butun Shvetsiya bo‘ylab 250 dan ortiq savdo shoxobchalari va 12 ming nafardan ziyod obunachiga tarqatiladi.

“Men O‘zbekistonni ilk tashrifimdayoq yoqtirib qoldim. Bu – keng ko‘lamli islohotlar tufayli jadal rivojlanayotgan, g‘ayratli yosh avlodga ega maftunkor mamlakat. Loyihamiz O‘zbekistonning sayyohlik brendini Shvetsiya va boshqa Skandinaviya mamlakatlari bozorlarida targ‘ib etish, ushbu go‘zal diyor haqida keng ma’lumotlar berish hamda sayyohlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan”, – deydi “Resenären” bosh muharriri Aleksandr Olin.

Muallifning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha auditoriyani jalb qilish maqsadida O‘zbekiston haqidagi materiallar raqamli marketing vositalari orqali jurnalning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida ham targ‘ib qilinadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish