Seulda O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasining Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Noyabr 14, 2026. 12:30 • 2 daq
• 58
SEUL, 14-noyabr. /«Dunyo» AA/. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Parlamentimiz yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, xususan, xorijda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda kasbiy rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Vatandoshlar Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan samimiy uchrashuvni mamnuniyat bilan eslab, o‘z fikr va tashabbuslarini bevosita yetkazish imkoniyati yaratilgani uchun minnatdorlik bildirishdi.
Ular mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini faxr bilan ta’kidlab, yurtimiz taraqqiyotiga o‘z bilim va tajribalari bilan hissa qo‘shishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda ta’lim, mehnat migratsiyasi, ijtimoiy himoya, ilm-fan, investitsiya va madaniy hamkorlik yo‘nalishlarida qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi