O‘zbekiston elchisi IHT mamlakatlari diplomatlarining Vengriya parlamenti qo‘mita raisi bilan uchrashuvida ishtirok etdi
Noyabr 14, 2026. 11:30 • 52 soniya
• 72
BUDAPESHT, 14-noyabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya Davlat majlisi Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi, hukmron “Tisa” partiyasi vakili Marton Xaydu bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.
Uchrashuvda xalqaro kun tartibi, Vengriya tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hamda Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a’zo davlatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, parlamentlararo va gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Marton Xaydu Vengriyaning Sharq mamlakatlari bilan aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlab, hamkorlik o‘zaro manfaatdorlik va milliy manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida davom ettirilishini bildirdi.
Uchrashuv yakunida Vengriya va IHTga a’zo davlatlar o‘rtasidagi konstruktiv muloqotni mustahkamlash hamda amaliy hamkorlikni kengaytirish xususida fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi