Shahrisabzda “Iroqi” xalqaro kashtachilik festivali boshlanmoqda

Avgust 13, 2026. 13:00 • 58 soniya

27
Shahrisabzda “Iroqi” xalqaro kashtachilik festivali boshlanmoqda

SHAHRISABZ, 13-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida milliy hunarmandchilik va noyob kashtachilik sanʼatini keng ommalashtirishga bag‘ishlangan uch kunlik “Iroqi” xalqaro kashtachilik festivali boshlanmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, festival asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy kashtachilik anʼanalarini namoyish etish, mohir ustalar ijodini ommalashtirish va ushbu sanʼat turiga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan.

Tadbirda O‘zbekistonning turli hududlaridan, shuningdek, qo‘shni davlatlardan kelgan mohir kashtachilar ishtirok etib, o‘z ijodlarining noyob va qimmatli namunalarini namoyish etadilar.

Festival doirasida quyidagilar ko‘zda tutilgan:

- milliy kashtachilik namunalari ko‘rgazmasi;

- hunarmandlarning ijodiy ishlari taqdimoti;     

- kashtachilik bo‘yicha mahorat darslari;

-milliy hunarmandchilikka bag‘ishlangan ko‘rgazma va taqdimotlar;

- madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar;

-mahalliy va xorijiy ustalar o‘rtasida tajriba almashish tadbirlari.

Festival 15 avgustga qadar davom etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish