AQSHdagi vatandoshlar uchun yangi raqamli platforma ishga tushirildi

Iyul 25, 2026. 12:00 • 2 daq

98
AQSHdagi vatandoshlar uchun yangi raqamli platforma ishga tushirildi

NYU-YORK, 25-iyul. /“Dunyo” AA/. AQSHda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar uchun muloqot va hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Mahallify” mobil ilovasi ishga tushirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Vatandoshlar tomonidan yaratilgan mazkur platforma o‘zbek jamoasi doirasida hamkorlikni rivojlantirish, ish va turar joy topishni yengillashtirish, axborot almashish, eʼlonlar joylashtirish, bo‘lajak tadbirlar haqida xabardor qilish hamda diaspora vakillari o‘rtasidagi muloqot imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Ilova interfeysi o‘zbek, rus va ingliz tillarini o‘z ichiga olgan yetti tilda foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

“Mahallify” asosan AQSH va Kanadada istiqomat qilayotgan o‘zbek diasporasi vakillariga uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uni “App Store” va “Google Play” orqali yuklab olish mumkin.

Loyihani yana-da rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida platforma asoschilari O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar jarayonida ilova imkoniyatlaridan foydalanish orqali o‘zbek diasporasi bilan aloqalarni mustahkamlash, xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy ahamiyatga ega qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish