AQSHdan deportatsiya qilingan 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Avgust 01, 2026. 22:10 • 1 daq
• 146
TOSHKENT, 1-avgust. /“Dunyo” AA/. AQSH migratsiya qonunchiligi talablarini buzgani uchun deportatsiya qilingan 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi bugun maxsus charter reys orqali Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Hamyurtlarimizning vatanga qaytarilishi O‘zbekiston va AQSHning vakolatli idoralari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik va muvofiqlashtirilgan saʼy-harakatlar natijasida amalga oshirildi. Jarayon doirasida fuqarolarning shaxsini aniqlash, zarur safar hujjatlarini rasmiylashtirish, tashkiliy-huquqiy masalalarni hal etish hamda ularning xavfsiz qaytarilishini taʼminlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rildi.
O‘zbekiston xorijiy davlatlar bilan migratsiya sohasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirib, noqonuniy migratsiyaning oldini olish, fuqarolarning xorijdagi huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, zarurat tug‘ilganda ularning xavfsiz vatanga qaytarilishini taʼminlash yuzasidan tizimli ishlarni davom ettirmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi