O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSh davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi
Iyun 02, 2026. 19:21 • 52 soniya
• 123
TOSHKENT, 2-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Sara Rojers boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“AQSh Davlat kotibining jamoatchilik diplomatiyasi bo‘yicha o‘rinbosari Sara Rojers xonim bilan samimiy va mazmunli uchrashuv o‘tkazildi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikning ko‘plab yo‘nalishlari, xususan, ta’lim, madaniyat, axborot va jamoatchilik diplomatiyasigacha bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.
Ushbu tashrif strategik sherikligini yanada mustahkamlash va xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonamiz”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




