Tatarstonda O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Sentabr 14, 2026. 09:00 • 59 soniya
• 53QOZON, 14-sentabr. /“Dunyo” AA/. Qozon shahrida hamda Tatarstonning boshqa aholi punktlarida ishchi guruh tomonidan ushbu hududda vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirlarda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi, Migratsiya agentligi va uning hududiy vakillari hamda “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi.
Xususan, Qozon shahridagi “GenStroy” qurilish tashkilotida mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik fuqarolar bilan alohida muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida vatandoshlarimizga Rossiya Federatsiyasining mehnat va migratsiya qonunchiligi sohasidagi asosiy talablari atroflicha tushuntirildi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan amaldagi qonunchilikka qatʼiy rioya qilish, huquqbuzarlik va jinoiy faoliyatlarga aralashib qolishning oldini olish, shuningdek, shaxsiy xavfsizlik choralariga rioya qilib, doimo ogoh va ehtiyotkor bo‘lish zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



