O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Tomsk viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazdi

Sentabr 10, 2026. 10:00 • 1 daq

230
O‘zbekiston diplomatlari Rossiyaning Tomsk viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli o‘tkazdi

TOMSK, 10-sentabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligi vakolatxonasi hamkorligida Rossiyaning Tomsk shahridagi “Azaliya” masʼuliyati cheklangan jamiyatida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu korxona vatandoshlarimiz tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Rossiyaning ushbu mintaqasida roza, chinnigul, lola va boshqa gul turlarini yetishtirish hamda sotish bo‘yicha eng yirik xo‘jaliklardan biri hisoblanadi.

Muloqot davomida hamyurtlarimizga Call-markazlarning aloqa maʼlumotlari, diplomatik vakolatxonalar manzillari ko‘rsatilgan axborot eslatmalari tarqatildi. Shuningdek, konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha batafsil maslahatlar berildi.

Bundan tashqari, diplomatlar hamda Migratsiya agentligi vakillari tomonidan Tomsk viloyati hududida og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan yurtdoshimizga joyida zudlik bilan amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ijobiy hal etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish