TIVda O‘zbekiston fuqarolarini Litvada tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
Sentabr 10, 2026. 19:00 • 56 soniya
• 134
TOSHKENT, 10-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Litvaning “TVG Group” xalqaro transport kompaniyasi direktori Albertas Sitavichyus bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida qonuniy va tartibli mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytirish, uning yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida Litvada O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, og‘ir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining professional haydovchilarini tayyorlash, noqonuniy migratsiyaning oldini olish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va belgilangan yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi