Turkiyada o‘zbekistonlik yoshlar ishtirokida madaniy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Noyabr 09, 2026. 15:30 • 55 soniya
• 14ISTANBUL, 9-noyabr. /“Dunyo” AA/. Istanbuldagi Kent universitetida Turkiyaning turli hududlarida istiqomat qilayotgan va tahsil olayotgan 200 nafardan ortiq yosh vatandoshlar ishtirokida madaniy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir O‘zbekiston Bosh konsulxonasining Madaniyat vazirligi bilan hamkorligida, yoshlarning vatan bilan ma’naviy aloqalarini mustahkamlash, milliy san’at va madaniyatni keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida madaniyat va kino arboblari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda milliy san’at va kinematografiyani rivojlantirish, ijodiy faoliyat hamda yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga jamoadan javob olib, taklif etilgan mehmonlarning hayotiy va ijodiy tajribasi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tadbir doirasida vatandoshlarga an’anaviy o‘zbek oshi tortiq etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




