Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Iordaniya Podshohi Abdulla II ning kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Noyabr 13, 2026. 20:00 • 2 daq

• 53

TOSHKЕNT, 13-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Iordaniya Podshohi Abdulla II qalamiga mansub “So‘nggi eng yaxshi imkoniyatimiz: tahlika davrida tinchlikka intilish” (“Our Last Best Chance: The Pursuit of Peace in a Time of Peril”) kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev, Iordaniya elchisi Demiya Zuhayr Haddad, shuningdek, Oliy Majlis, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va OAV vakillari, universitet professor va o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.

Mazkur tadbir Iordaniya Podshohining asarida yoritilgan xalqaro munosabatlar, diplomatiya, mintaqaviy xavfsizlik va nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish istiqbollariga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.

Kitob avtobiografik asar bo‘lib, unda muallif o‘z hayotiy tajribasi, xalqaro siyosat haqidagi mulohazalari hamda zamonaviy dunyoning asosiy muammolariga doir qarashlari bilan o‘rtoqlashgan. Asardan Isroil–Falastin mojarosi, arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar, mintaqaviy barqarorlik, terrorizmga qarshi kurashish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhim o‘rin egallagan.

Asar Iordaniyaning tashqi siyosiy ustuvor yo‘nalishlari hamda Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashdagi rolini chuqurroq anglash imkonini beradi.

Asosiy ma’ruzachi sifatida Iordaniya elchisi Demiya Zuhayr Haddad, JIDU Xalqaro munosabatlar kafedrasi dots.nti Anvar Abduhalimov so‘zga chiqib, asarning asosiy g‘oyalari, muallifning dolzarb xalqaro siyosiy jarayonlar, mintaqaviy xavfsizlik hamda nizolarni hal etishda diplomatiyaning o‘rni haqidagi qarashlarini taqdim etdi.

Mazkur tadbir akademik va ekspertlar o‘rtasidagi muloqotni yanada kengaytirish, Yaqin Sharqdagi siyosiy jarayonlarni chuqurroq anglash, shuningdek, O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamda intellektual aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish