“Fox News” Vashingtonda o‘rnatilgan o‘zbek milliy ayvonlari haqida maxsus maqola e’lon qildi

Noyabr 28, 2026. 13:00 • 59 soniya

• 63
“Fox News” Vashingtonda o‘rnatilgan o‘zbek milliy ayvonlari haqida maxsus maqola e’lon qildi

VAShINGTON, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. AQShning eng yirik va keng auditoriyaga ega ommaviy axborot vositalaridan biri — “Fox News” telekanali o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida Vashington shahrida o‘rnatilgan o‘zbek milliy ayvonlari (“Uzbek Gazebos”) haqida alohida maqola e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur materialda AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan AQSh Prezidenti Donald Tramp va Amerika xalqiga tuhfa etilgan milliy me’morchilik namunalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Bu kabi xalqaro media e’tirofi mamlakatimizning AQSh axborot makonidagi ijobiy imijini yanada mustahkamlash, Amerika jamoatchiligining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yurtimizning madaniy diplomatiya salohiyatini keng namoyon etishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish