Vengriya O‘zbekiston va EI o‘rtasidagi kengaytirilgan sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi

May 18, 2026. 09:25 • 57 soniya

58
Vengriya O‘zbekiston va EI o‘rtasidagi kengaytirilgan sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qildi

BUDAPESHT, 18-may. /“Dunyo” AA/ Vengriya O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish bo‘yicha davlat ichki tartib-taomillarini yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi maʼlumotiga ko‘ra, Vengriya Estoniyadan keyin ushbu hujjatni ratifikatsiya qilgan ikkinchi davlat bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 24-oktyabr kuni Bryusselda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta hamda Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen ishtirokida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan edi.

Surat O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati arxividan olingan

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish