Buyuk Britaniya bosh vaziri atrofida siyosiy ziddiyat kuchaymoqda, Kir Starmer isteʼfoga chiqishi mumkin

May 13, 2026. 12:55 • 3 daq

64
Buyuk Britaniya bosh vaziri atrofida siyosiy ziddiyat kuchaymoqda, Kir Starmer isteʼfoga chiqishi mumkin

LONDON, 13-may. /“Dunyo” AA/. Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerni hukmron Leyboristlar partiyaning 80 nafardan ortiq deputati uni isteʼfoga chiqishi yoki lavozimni tark etish muddatini belgilashiga ommaviy tarzda chaqirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Britaniya hukumati rahbari 2024-yil iyul oyida leyboristlar hokimiyatga kelganidan beri eng yirik ichki partiyaviy siyosiy inqiroz sifatida baholanmoqda. Inqirozga o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan mahalliy saylovlarda partiyaning jiddiy yo‘qotishlarga uchragani sabab bo‘ldi.

“The Guardian”ning yozishicha, Leyboristlar partiyasining 100 nafardan ortiq deputati bosh vazirni qo‘llab-quvvatlovchi va yetakchilik uchun kurash boshlanishiga qarshi xatni imzolagan. Biroq, 90 nafarga yaqin parlament aʼzosi qarama-qarshi pozitsiyada bo‘lib, bosh vazir yoki isteʼfoga chiqishi yoki lavozimni tark etish muddatini eʼlon qilishi kerakligini aytgan.

Partiya qoidalariga ko‘ra, rahbarni almashtirishning rasmiy jarayonini boshlash uchun Jamoalar palatasining kamida 81 nafar deputati muqobil nomzodni ommaviy ravishda qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Inqiroz fonida Kir Starmer yangi parlament sessiyasi ochilishidan oldin Vazirlar Mahkamasi aʼzolari bilan shoshilinch maslahatlashuvlar o‘tkazdi, unda hukumat kelgusi yil uchun qonunchilik dasturini taqdim etadi.

Noroziliklarga mahalliy saylovlar natijalari asosiy sabab bo‘lgan. Unda leyboristlar saylovchilar qo‘llab-quvvatlashining bir qismini Nigel Faraj yetakchilik qilayotgan “Reform UK”, Yashillar partiyasi, shuningdek, Shotlandiya va Uels millatchi siyosiy kuchlari foydasiga yo‘qotgan.

Britaniyalik siyosatshunoslar fikricha, agar mazkur tendensiya davom etsa, Leyboristlar partiyasi 2029-yilgi umumiy saylovlargacha parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotishi mumkin.

Bosh vazirga nisbatan bosim bir nechta kichik vazirlarning isteʼfosi ortidan yana-da kuchaydi. Xususan, uy-joy qurilishi va mahalliy hokimiyat masalalari bo‘yicha vazir Miatta Fanbulle hamda fuqarolarni himoya qilish vaziri Jess Fillips lavozimini tark etdi. Ular bosh vazirni qatʼiyatsizlik va islohotlarni amalga oshirishda sustkashlikda tanqid qilgan.

Shunga qaramay, Kir Starmer isteʼfoga chiqish niyati yo‘qligini maʼlum qildi.

– Partiya rahbarini almashtirish bo‘yicha belgilangan tartib mavjud va u hali ishga tushirilmagan. Mamlakat bizdan samarali boshqaruvni kutmoqda, – dedi bosh vazir.

Britaniya ommaviy axborot vositalari Kir Starmerning ehtimoliy vorislari sifatida sog‘liqni saqlash vaziri Ues Striting nomini tilga olmoqda. U parlamentdagi ayrim deputatlar, sobiq bosh vazir o‘rinbosari Anjela Reyner hamda Katta Manchester meri Endi Bernem tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Tanqidchilar Kir Starmerni aniq siyosiy strategiya yo‘qligi, kadrlar siyosatidagi xatolar va iqtisodiy qiyinchiliklarga tezkor javob berolmayotganlikda ayblamoqda. Eng bahsli qarorlardan biri sifatida sudlangan moliyachi Jeffri Epshteyn bilan aloqador bo‘lgan Piter Mandelsonning Buyuk Britaniyaning AQSHdagi elchisi etib tayinlangani tilga olinmoqda.

Ayni paytda hukumatning ayrim aʼzolari bosh vazirni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Jumladan, tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi partiya aʼzolarini ichki ziddiyatlarni kuchaytirmaslikka chaqirib, inqirozdan asosiy foyda boshqa siyosiy kuchlarga tegishi mumkinligini

“AFP” agentligi surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish