Hindistonlik professor: Islom sivilizatsiyasi markazishunchaki muzey emas, balki butun islom olami uchun ilmiy maskandir
Mart 18, 2026. 11:41 • 2 daq
• 22
DEHLI, 18-mart. /“Dunyo” AA/. Hindistondagi Jamiya Milliya Islomiya markaziy universiteti professori Shahid Taslim “Dunyo” AA muxbiriga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishi munosabati bilan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi:
– O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi o‘zbek xalqining boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va dunyoga targ‘ib qilish yo‘lidagi ulkan qadamdir.
U shunchaki muzey emas, balki Imom Buxoriy, Termiziy, Xorazmiy, Beruniy va boshqa buyuk allomalarning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasini tadqiq etuvchi yirik ilmiy maskan bo‘ladi.
Markaz g‘oyasi va uning poydevori bevosita Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qo‘yildi. Davlat rahbari “Ma’rifatga qarshi jaholat” tamoyili asosida islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini ko‘rsatib berishni maqsad qilgan.
Hurmatli Prezidentning shaxsan nazorati va e’tibori tufayli bu yerda eng zamonaviy tadqiqot laboratoriyalari, boy kutubxona va noyob qo‘lyozmalar fondi shakllanmoqda.
Bu maskan kelajakda dunyo sharqshunoslari va islomshunoslari uchun asosiy platformaga aylanadi. Bu yerda yosh avlod o‘z tarixini o‘rganadi, xalqaro konferensiyalar o‘tkaziladi.
Bu – O‘zbekistonning Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladigan strategik obyektdir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi