Shanxay shahrida O‘zbekiston–Xitoy savdo-iqtisodiy hamkorligini kengaytirishning mintaqalararo jihatlari muhokama qilindi
Mart 13, 2026. 10:00 • 2 daq
• 255
SHANXAY, 13-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari Shanxay shahrida Xitoy–Osiyo iqtisodiy rivojlanish assotsiatsiyasi (XOIRA) prezidenti o‘rinbosari Chju Tinbin bilan uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni yana-da mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Chju Tinbin O‘zbekiston va Xitoy davlat rahbarlarining saʼy-harakatlari tufayli bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yuqori darajaga ko‘tarilganini taʼkidladi. Shuningdek, so‘nggi yillarda delegatsiyalar almashinuvi va qo‘shma iqtisodiy tadbirlar orqali hamkorlik sezilarli darajada kengaygani qayd etildi.
Muloqot davomida Xitoy tomoni sifatli o‘zbek mahsulotlari eksportini ko‘paytirish, O‘zbekistonga investitsiyalarni jalb qilish hamda o‘zaro manfaatli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Bundan tashqari, assotsiatsiyaning elektron platformasi orqali O‘zbekistondagi loyihalar bo‘yicha investitsiya takliflarini mahalliy kompaniyalar o‘rtasida tarqatish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, delegatsiyalar tashriflarini tashkil etish, uchinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo forumi va V Toshkent xalqaro investitsiya forumida assotsiatsiyaga aʼzo kompaniyalar ishtirokini taʼminlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi