Logo

Yekaterinburgdagi O‘zbekiston fuqarolari uchun iftorlik dasturxoni yozildi

Mart 12, 2026. 08:10 • 2 daq

160

YEKATERINBURG, 12-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Yekaterinburgda vatandoshlar uchun iftorlik uyushtirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir muqaddas Ramazon oyida xorijdagi o‘zbek diasporasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konsullikning tizimli ishlarining bir qismi bo‘ldi.

Bosh konsul Jahongir Parmanov ishtirokchilarni muqaddas oy bilan tabriklab, O‘zbekiston Prezidentining xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi haqida gapirdi. U ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati, millatlararo totuvlikni mustahkamlashda islom dinining o‘rni, an’analar va madaniy merosni asrab-avaylash zarurligini ta’kidladi.

Toshkent shahridagi “Baland” jome masjidi imom-xatibi A’zamjon Ergashev ishtirokchilarni tabriklab, Islom dinining ma’naviy va insonparvarlik qadriyatlari haqida so‘z yuritdi. Uchrashuv davomida yosh vatandoshlar o‘zlarini qiziqtirgan diniy va dunyoviy mazmundagi savollarga javob olishdi.

Mehmonlar uchun O‘zbekistonning turizm salohiyati va muqaddas qadamjolarini ochib beruvchi videoroliklar, milliy an’analar, madaniy meros va islom dinining jamiyat hayotidagi o‘rnini aks ettiruvchi tarqatma materiallar namoyish qilindi.

Iftorlik dasturxoni yozilib, o‘zbek milliy taomlari tortildi. Ishtirokchilar bunday tadbirlar vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirib, xorijdagi yurtdoshlar uchun hamjihatlik va qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratishini ta’kidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish