Logo

O‘zbekiston vakili Nyu-Yorkda BMT Statistika komissiyasining 57-sessiya raisi o‘rinbosari etib saylandi

Mart 04, 2026. 10:32 • 2 daq

207
O‘zbekiston vakili Nyu-Yorkda BMT Statistika komissiyasining 57-sessiya raisi o‘rinbosari etib saylandi
O‘zbekiston vakili Nyu-Yorkda BMT Statistika komissiyasining 57-sessiya raisi o‘rinbosari etib saylandi

NYU-YORK, 4-mart. /“Dunyo” AA/. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida BMT Statistika komissiyasining 57-sessiyasio‘z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

6-martga qadar davom etadigan ushbu tadbirda O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi raisi Behzod Hamrayev boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.

Sessiya doirasida ishtirokchilar 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni baholash indikatorlari tizimini takomillashtirish, rasmiy statistikani ishlab chiqishda sun’iy intellekt va texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqiladi.

Shu bilan birga, taraqqiyot va farovonlikni yana-da kengroq baholash uchun “Beyond GDP” (YAIMdan tashqari) konsepsiyasini muhokama qilish, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishiga oid statistik ma’lumotlarni milliy hisobotlarga integratsiya qilish bo‘yicha ekspertlar fikr-mulohaza almashadi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Behzod Hamrayev 57-sessiya raisi o‘rinbosari sifatida saylandi.

O‘zbekiston delegatsiyasining sessiya ishidagi ishtiroki mamlakatimizda ilk marotaba o‘tkazilayotgan Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari davrida alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu muhim va dolzarb tadbir BMTning eng so‘nggi xalqaro tavsiyalari asosida amalga oshirilmoqda.

O‘zbekistonning sessiya ishida faol ishtirok etishi respublikaning ma’lumotlar ochiqligi va shaffofligi tamoyillariga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Forum doirasida BMT Statistika bo‘limi rahbariyati va yetakchi ekspertlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil aprel oyida tarixda ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasi 2026–2029-yillar uchun BMT Statistika komissiyasining to‘laqonli a’zosi etib saylangan. Xalqaro hamjamiyatning ushbu qarori mamlakatimizda milliy statistika tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning e’tirofidir.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish