Logo

Finlyandiyadan munosabat: Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi butun musulmon dunyosi uchun muhim voqeadir

Mart 18, 2026. 10:00 • 2 daq

19
Finlyandiyadan munosabat: Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi butun musulmon dunyosi uchun muhim voqeadir

XELSINKI, 18-mart. /“Dunyo” AA/. Finlyandiya musulmonlar jamoasi imomi Ramil Belyayev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishi munosabati bilan tabrik yo‘lladi:

– Toshkent shahrida Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi nafaqat O‘zbekiston, balki butun musulmon dunyosi, xalqaro ilmiy-madaniy hamjamiyat uchun muhim voqeadir. Markaz islom sivilizatsiyasining boy ilmiy va ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, turli madaniyat va din vakillari o‘rtasida muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston jadal rivojlanayotgan, ochiq va zamonaviy davlat sifatida xalqaro maydonda o‘z nufuzini mustahkamlab bormoqda. Mamlakatda iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, fuqarolar farovonligini oshirish va demokratik institutlarni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani alohida e’tirofga loyiq.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya muhitini yaxshilash, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yildi. Bu islohotlar nafaqat ichki barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi, balki O‘zbekistonning xalqaro nufuzini sezilarli darajada oshiradi.

O‘zbekistondamillatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga katta e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Fikrimcha, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda tinchlik, hamkorlik va taraqqiyotni ilgari surishda muhim o‘rin tutadi. Mamlakatning tashqi siyosatdagi ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va xalqaro muloqotni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlari jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholanmoqda.

Ishonchim komilki, ushbu islohotlar kelgusida ham izchil davom ettirilib, O‘zbekistonning iqtisodiy qudratini yanada mustahkamlash, xalq farovonligini yuksaltirish va mamlakatning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish