Logo

O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Fevral 11, 2026. 11:38 • 36 soniya

59
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

TEL-AVIV, 11-fevral. /“Dunyo” AA/. Isroilning “Queen Helena Tours” sayyohlik kompaniyasi rahbari Viktoriya Al-Nashash va mamlakatimizning TIV huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” DUK mutaxassislari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat davomida O‘zbekistonning turistik salohiyati, mamlakat hududlarida mavjud madaniy-tarixiy meros, ziyorat, tibbiy va ekologik turizm yo‘nalishlarida to‘xtalib o‘tildi.

Yurtimizda sayyohlar uchun yaratilgan qulayliklar, mehmonxonalar, transport taʼminoti va professional gid xizmatlari bo‘yicha batafsil maʼlumot berildi.

O‘z navbatida, “Queen Helena Tours” kompaniyasi individual va guruhli turlarni tashkil etish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida sayyohlik paketlarini almashish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi aloqalarni o‘rnatish va ko‘p tilli axborot materiallarini joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish