Logo

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Xitoy tajribasi o‘rganildi

Fevral 11, 2026. 13:45 • 50 soniya

49
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha Xitoy tajribasi o‘rganildi

PEKIN, 11-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi bilan hamkorlikda mahallalarni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga jalb etilgan hududiy boshqaruvchilar uchun onlayn trening tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Xitoyning Fudan va Pekin pedagogika universitetlari vakillari ishtirok etdi.

Xitoylik mutaxassislar olis aholi punktlarida infratuzilmani rivojlantirish, aholini raqamli texnologiyalar, xususan, elektron tijoratdan foydalanish imkoniyati bilan taʼminlash orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Trening davomida O‘zbekistonda 2025-yilda 366 ming oila kambag‘allikdan chiqarilgani, aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida kambag‘allik darajasi 8,9 foizdan 5,8 foizga, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,8 foizga kamaygani taʼkidlandi.

Ishtirokchilarga 1 million aholini doimiy ish bilan taʼminlash bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan vazifalar haqida maʼlumot berildi. Hozirgi bosqichda mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirishda muhim ahamiyatga ega.

Onlayn seminar yakunida xitoylik ekspertlar O‘zbekistonga tashrif buyurib, joylarda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini bildirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish