O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va OHICHK bosh kotibi tashkilotning institutsional rivojlanishi masalalarini muhokama qildilar

Iyun 04, 2026. 20:10 • 59 soniya

5
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va OHICHK bosh kotibi tashkilotning institutsional rivojlanishi masalalarini muhokama qildilar

TOSHKЕNT, 4-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK) bosh kotibi Qayrat Saribay bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida O‘zbekiston va OHICHK o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Tomonlar OHICHK doirasida savdo-iqtisodiy, transport va logistika sohalaridagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy mexanizmlarni ilgari surish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinib, OHICHKning institutsional jihatdan rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish