O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va XMT mintaqaviy direktori mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
May 20, 2026. 22:10 • 1 daq
• 10
TOSHKENT, 20-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev bugun Xalqaro migratsiya tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Artur Erken bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot davomida mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
“Toshkent xalqaro migratsiya forumi”ning muvaffaqiyatli tashkil etilgani alohida qayd etildi.
Tomonlar qo‘shma faoliyat natijalarini muhokama qilib, xalqaro darajada hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish bo‘yicha kelgusi rejalarni belgilab oldi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

TIVda Suv resurslarini boshqarish xalqaro instituti bosh direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TIVda Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan O‘zbekistonda qo‘shma investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi


