Dehlida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

May 16, 2026. 13:00 • 52 soniya

135
Dehlida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOSHKENT, 16-may. /“Dunyo” AA/. 15-may kuni Dehli shahrida BRIKS tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining uchrashuvi doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.

Joriy yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Hukumatlararo komissiyaning 14-yig‘ilishini o‘tkazish hamda O‘zbekiston–Hindiston biznes-forumini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish