Logo

Istanbulda oilani mustahkamlash masalasida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

Fevral 19, 2026. 17:11 • 58 soniya

239

ISTANBUL, 21-fevral. /“Dunyo” AA/. Istanbul tijorat universitetida “Oilani mustahkamlash” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Turkiya Oila va ijtimoiy xizmatlar vazirligi, “Ayollar va demokratiya” jamg‘armasi (KADEM) va O‘zbekiston xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish jamiyati ko‘magida tashkil etildi.

Ikki kun davom etgan anjumanda universitet professor-o‘qituvchilari, olimlar, davlat tashkilotlari mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, bu borada O‘zbekiston va Turkiya tajribasiga bag‘ishlangan maʼruzalar tinglandi.

Ishtirokchilar mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” dasturida belgilangan vazifalar, yangi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy maqsadlari bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur sohalarda davlat va jamoat tashkilotlarining ilmiy-akademik hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida Turkiya oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri Mahinur O‘zdemir Go‘ktash, KADEM fondi raisi Sumayya Erdog‘an Bayraktar va boshqa rasmiylar so‘zga chiqdi. Anjuman oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ikki mamlakat tajribasi bilan o‘rtoqlashish, bu borada yangi tashabbus va takliflarni ilgari surish uchun platforma bo‘lib xizmat qilishi taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish