Logo

O‘zbekiston va Malayziya parlamentlari yuqori palatalari do‘stlik guruhining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Yanvar 28, 2026. 15:59 • 2 daq

506
O‘zbekiston va Malayziya parlamentlari yuqori palatalari do‘stlik guruhining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Malayziya parlamentlari yuqori palatalari do‘stlik guruhining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

KUALA-LUMPUR, 29-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Malayziya parlamenti Senati o‘rtasidagi parlamentlararo do‘stlik guruhining birinchi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Senatorlar keyingi yillarda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik yanada rivojlanib borayotganini alohida eʼtirof etdilar.

O‘zaro parlament almashinuvlari, Malayziya Senati raisi o‘rinbosari Nur Jazlan Muhammadning O‘zbekistonga tashrifi, shuningdek, Oliy Majlis rahbariyati bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar ushbu yo‘nalishdagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda yangi sahifa ochgani taʼkidlandi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, jumladan, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Xususan, oliy darajada erishilgan hamda O‘zbekiston-Malayziya munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga olib chiqishga qaratilgan barcha kelishuvlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlashda parlamentlarning rolini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Malayziyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, taʼlim, turizm, shuningdek, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligi izchil kengayib borayotgani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar parlamentlararo do‘stlik guruhi doirasida ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish va konstruktiv parlamentlararo muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish