O‘zbekiston Prezidentining Belarusga ikki kunlik rasmiy tashrifi yakunlandi

Iyul 09, 2026. 19:51 • 2 daq

71
O‘zbekiston Prezidentining Belarusga ikki kunlik rasmiy tashrifi yakunlandi

TOSHKENT, 9-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi yakunlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, poytaxt aeroportida oliy martabali mehmonni Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko kuzatib qoʻydi.

Minsk shahrida davlat rahbarlarining tor doiradagi hamda rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.

Yetakchilar siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish hamda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash muhimligini taʼkidladilar. Koʻp qirrali sheriklikni uzoq muddatli rivojlantirish borasidagi intilish qatʼiy ekani tasdiqlandi, ustuvor yoʻnalishlardagi yangi loyihaviy tashabbuslar koʻrib chiqildi.

Muzokaralar yakunida Prezidentlar Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar. Ular huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi ham boʻlib oʻtdi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bayonotlarda ushbu rasmiy tashrif Oʻzbekiston – Belarus munosabatlari rivojida tarixiy voqea, mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda yangi bosqichning boshlanishi ekani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Rasmiy tashrif tadbirlari yakunlangach, Prezidentimiz Toshkent shahriga joʻnab ketdi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish