O‘zbekiston va Shri-Lanka Tashqi ishlar vazirliklari Toshkentda siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasini o‘tkazdi
Iyul 09, 2026. 18:53 • 2 daq
• 31
TOSHKENT, 9-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun poytaxtimizda O‘zbekiston va Shri-Lanka tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV xabariga ko‘ra, delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev hamda Shri-Lanka tashqi ishlar, xorijda bandlik va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Aruni Ranaraja rahbarlik qildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan Shri-Lanka o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati hamda ularni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Asosiy eʼtibor iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish masalalariga qaratilib, o‘zaro tashqi savdo hajmini oshirish va uni diversifikatsiya qilish, shuningdek, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan choralar ishlab chiqishga kelishildi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, taʼlim, ilmiy-tadqiqot va turizm sohalarida sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro maslahatlushuvlar o‘tkazish mexanizmini joriy qilish to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi imzolandi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi