O‘zbekiston Prezidenti Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi

Sentabr 08, 2026. 19:00 • 58 soniya

72
O‘zbekiston Prezidenti Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlandi

TOSHKENT, 8-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Belgrad shahridagi tadbirlar doirasida bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun O‘zbekiston Prezidentiga ushbu ordenni Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich topshirdi.

Davlatimiz rahbari yuksak mukofot uchun chuqur minnatdorlik bildirib, uni Serbiya xalqining O‘zbekistonga bo‘lgan yuksak hurmati, mustahkamlanib borayotgan do‘stlik va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qatʼiy intilish ramzi deb bilishini taʼkidladi.

Serbiya Respublikasi ordeni xorijiy davlatlarning taniqli arboblariga xalqlar o‘rtasida tinchlik, hamkorlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlash hamda respublika bilan do‘stona aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish