O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi

Sentabr 07, 2026. 22:55 • 55 soniya

64
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi

TOSHKENT, 7-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan bugun Belgrad shahriga keldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Serbiya havo hududida O‘zbekiston yetakchisining samoletiga mezbon mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.

Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarilib, Faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga boshlanadi. Dasturga muvofiq, O‘zbekiston–Serbiya oliy darajadagi muzokaralari hamda ikki mamlakat rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ularning yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish